Andijon shahridagi Ekopark istirohat bog'ida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalar uchun qiziqarli ko‘ngilochar dasturlar, chiqishlar va turli sovg‘alar taqdim etildi.
Bolalar — har bir oila, jamiyat va davlatning bebaho boyligidir. Bolalarning beg‘ubor kulgusi, cheksiz quvonchi va yorqin taassurotlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Andijon viloyatidagi Oilaviy bolalar uylarining farzandlari hamda Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari ham tashrif buyurdi.