Ushbu tashabbus bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga boʻlgan muhabbatini oshirish hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Tashkil etilgan sayohat davomida yoshlar nafaqat hordiq chiqarishdi, balki tabiat qoʻynida turli ijodiy va sport tadbirlarida ham faol ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida iliq taassurot qoldirib, ularda vatanparvarlik, doʻstlik va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.