“Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining navbatdagi soni Sergeli tumanidagi 317-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi // Buxoro viloyatida "Yosh gvardiyachilar" sinflari tashkil etildi // Poytaxtda yana bir “Yosh gvardiyachilar” harbiy-vatanparvarlik sinfining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi // Sergeli tumani 47-sonli maktabda 16-may kuni  "Farzandim bilan bir kun" shiori ostida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi. //  11-may viloyat hokimi Joʼrabek Raximov Shovot tumanidagi Beshmargan mahallasi yoshlari bilan 33-maktabda uchrashdi. // Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 30-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. // Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumtaʼlim maktabida “Yosh gvardiyachilar” harbiy-vatanparvarlik sinfining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. //  Davlatimiz rahbari tomonidan umumxalq bayrami sifatida eʼlon qilingan “Xotira va qadrlash kuni” shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda // Poytaxtimizda Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmalari vakillari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. // Bektemir tumanidagi 290-maktabda Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda tuman maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullari “O‘smir va qonun” mavzusida maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazdi. // Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi vakillari hamda qator mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablaridagi bitiruvchi yoshlarning ota-onalari bilan “Zoom” platformasi orqali online uchrashuv bo’lib o’tdi. // Bo'ka tumanidagi maktablarda "Yosh gvardiyachilar" sinflari ochilishi davom etmoqda. // Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 278-maktabda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari mahalla “yettiligi” mahallasi bilan hamkorlikda 8-9-sinf o‘quvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. // Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 278-maktabda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari mahalla “yettiligi” mahallasi bilan hamkorlikda 8-9-sinf o‘quvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. // Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Bizning maqsadimiz

Hozirgi kunda, barchamizning e'tiborimiz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratilmoqda.
Mazkur borada, Muhtaram Prezidentimiz Qarorlariga  asosan respublikamizdagi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi.
Milliy gvardiya “SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi Shulardan kelib chiqib, Milliy gvardiyaga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
Xususan:
muassasa tarbiyalanuvchilarini ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash;
muassasalarda sifatli ta'lim va tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishga, ularning maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish;
zamonaviy usul va shakllardan foydalangan holda jismonan sog‘lom, ma'naviy yetuk va dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni sport turlariga qiziqtirish va to‘garaklarga jalb etish.
Yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini ta'minlash uchun Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tarkibidan mehribonlik bolalar muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlariga ofiserlar tayinlandi.
Mehribonlik bolalar muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishga mas'ul, Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi va “Mehribonlik” bolalar muassasalari bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
Mehribonlik borlalar muassasalari faoliyatini tizimli tashkil etish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, ularni metodologik ta'minlash, xalqaro tajribani o‘rganish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish yuzasidan Jamoat xavfsizligi universitetida “Harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi” tashkil etildi.

2021 yil oktyabr oyidan boshlab (Farmonga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlari 2022 yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan edi, lekin gap bolalar farovonligi haqida ketayotgani uchun bu kurslar muddatidan oldin boshlangan), shu kungacha mazkur kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv kurslari va shuningdek, 301 nafar Mehribonlik , Oilaviy hamda Bolalar uylari , 29 nafar SOS bolalar mahallalari uyushmasi tarbiyachilari bilan o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda, Respublika bo‘yicha 57 nafar psixolog va 19 nafar farzand asrab oluvchilarga kurslarni tamomlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi. Kurslar joriy yilning may oyigacha davom etadi.