News

Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Oilaviy uylar farzandlarining yozgi taʼtil davrini mazmunli va foydali oʻtkazish maqsadida viloyatning togʻ oldi hududlariga sayohat uyushtirildi.

7.7.2025 475

Ushbu tashabbus bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga boʻlgan muhabbatini oshirish hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Tashkil etilgan sayohat davomida yoshlar nafaqat hordiq chiqarishdi, balki tabiat qoʻynida turli ijodiy va sport tadbirlarida ham faol ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida iliq taassurot qoldirib, ularda vatanparvarlik, doʻstlik va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.