Respublikamiz bo'ylab barcha umumta'lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun Jasorat maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda. Ushbu imtihonlar o‘quvchilarning bilim darajasi, jismoniy tayyorgarligi hamda liderlik qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ular shaffof va adolatli tarzda tashkil etilmoqda.