Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, yozgi ta’til kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishga xizmat qildi.
“Ochiq eshiklar kuni” davomida ishtirokchilar harbiy qism faoliyati, texnika va qurollar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.