Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismida Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar hamda "Oilaviy bolalar uylari" tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
Yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Mutaxassis kinologlar xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi.
O‘quvchilar xizmat otlari maydonida bo‘lishib, otlarda sayr qilishdi.
Qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.