Bugungi kunda Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘quvchi yoshlarni taʼtil kunlari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlarning navbatdagisi Urganch shahridagi "Mehrigiyo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazildi. Barchaga birdek ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan tadbirda o‘quvchi yoshlarga qurol-aslaha va maxsus anjomlar ko‘rgazmasi, sportning "Kamondan otish" turi bo‘yicha mahorat darslari hamda shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida vatanparvarlik tadbirlarida faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar hamda sport musobaqalari g‘oliblariga Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasining faxriy yorliqlari topshirildi.