Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida barcha hududlarda keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tashabbus yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 10 ta umumta’lim maktabida ham yoshlar ishtirokida qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar doirasida harbiy anjom va aslahalardan iborat ko‘rgazmalar, xizmat itlari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar, shuningdek, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilar harbiy xizmatga oid anjomlar bilan yaqindan tanishdилар, vatan himoyachilarining kundalik faoliyati, ularning tayyorgarlik jarayonlari haqida tasavvurga ega bo‘ldилар. Ayniqsa, xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, shaxmat va shashka musobaqalari orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, fikrlash doirasini kengaytirish maqsad qilingan.