Navoiy viloyati, Karmana tumanida joylashgan “Ishonch” bolalar oromgohida yoshlar va harbiylar o‘rtasida vatanparvarlik ruhida tashkil etilgan “Harbiylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy qism hamda boshqa Qurolli Kuchlar tuzilmalari hamkorligida o‘tkazildi.
Uchrashuv doirasida “Harbiylashtirilgan estafeta” sport musobaqasi tashkil etilib, ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, epchillik, shijoat va jamoaviylik bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga qiziqishni oshirish va Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari oʻzlarining qoʻl jangi chiqishlari hamda harbiy orkestrning kuy-qo‘shiqlari, “Faxriy qorovul” jamoasining ko‘rgazmali chiqishlari yoshlar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.