Yozgi dam olish mavsumi — bu nafaqat bolalarning hordiq chiqarish va dam olishi uchun eng maqbul davr, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli, samarali va tarbiyaviy jihatdan boyitilgan tarzda tashkil etish imkoniyatidir. Aynan shu maqsadda mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tashabbusi bugungi kunda sog‘lom, ma’naviy yetuk va vatanparvar avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida harbiy qismda sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy xizmatchilarning farzandlarining dam olish jarayonini yanada mazmunli va esda qolarli qilmoqda.
Tadbir yakunida musobaqalarda faol ishtirok etgan bolalar sovg’alar bilan taqdirlanib, ularning erishgan yutuqlari tantanali tarzda e’tirof etildi.