Jizzax viloyatida Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun sport musobaqalari tashkil etildi. Ushbu tadbir oilalar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va faol o‘tkazish, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqalarda harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtog‘lari va farzandlari faol ishtirok etdilar. Dastlab, “Quvnoq startlar” sport estafetalari o‘tkazilib, ishtirokchilar jismoniy faollik va jamoaviy harakat ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Shundan so‘ng shaxmat-shashka, stol tennisi hamda kamondan o‘q otish sport turlari bo‘yicha qiziqarli bellashuvlar tashkil etildi.
Bunday sport tadbirlarining o‘tkazilishi harbiy xizmatchilar oila a’zolari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish hamda oila a’zolari o‘rtasida do‘stona va iliq muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi va faol qatnashgan oila vakillari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.