Yozgi ta’til mavsumida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Barkamol avlod” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etildi. Dastur doirasida bolalar uchun kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi, shuningdek shaxmat-shashka va arqon tortish kabi sport musobaqalari uyushtirildi.
Shaxmat va shashka bo‘yicha tashkil etilgan bahslar sog‘lom raqobat muhitini yaratib, oromgoh ishtirokchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi. Arqon tortish va boshqa jamoaviy o‘yinlar esa bolalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlab, ularni jismonan chiniqishga undadi.
Mazkur tadbirlar bolalarda vatanparvarlik, jamoaviylik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga xizmat qilmoqda.