Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari dam olayotgan “Gulbahor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga O‘zbekiston Xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayid tashrif buyurdi. Ijodi yurtimiz sarhadlaridan ancha olisda tanilgan mashhur shoir bilan birga boshqa ijodkorlar ham kelishdi. Bolalar mehmonlarning hayotiy hikoyalarini, ularning asarlari qanday tug‘ilganligi haqidagi voqealarni bir nafasda tinglashdi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar bolalarga esdalik uchun badiiy kitoblar sovg‘a qilishdi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: