Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan yosh avlod salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada viloyatiagi Oilaviy uylar farzandlari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rik davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining malakali shifokorlari bolalar va ota-onalarga sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdilar.
Mazkur tashabbus sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, jamiyatda ijtimoiy mas’uliyatni oshirish, shuningdek mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik g‘oyalarini mustahkamlash yo‘lidagi ezgu ishlarning amaliy ifodasidir.