Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda tuman prokuraturasi masʼullari, Milliy gvardiya inspektor-psixologlari, maktab rahbariyati hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv ochiq muloqat tarzida o‘tkazilib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qiziqtirgan savollariga javob berish hamda takliflarini tinglashga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Sariosiyo tuman 4-sektor rahbari J.Hakimov, Milliy gvardiya inspektor-psixologlari hamkorligida, Sariosiyo tuman Aeroport mahallasida joylashgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Unda turli huquqbuzarliklarning oldini olish va salbiy illatlarga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquq-tartibot organlari bilan samarali muloqot o‘rnatishiga xizmat qiladi.