Xuddi shunday targʻibot tadbirlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Oilaviy bolalar uylari”da ham olib borilmoqda. Har bir xonadonga birma-bir tashrif buyurib, favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, yongʻin xavfsizligi qoidalariga doimiy amal qilish, shuningdek, gaz va elektr taʼminoti qoidalariga qatʼiy rioya etish, kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tushuntirishlar berilayapti.