Mazkur sayohat davomida bolalar tabiat qo‘ynida hordiq chiqarib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi turli madaniy va sport tadbirlarida ishtirok etishdi. Ushbu tashabbus ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ruhiy va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, ijobiy taassurotlar bilan boyitishga xizmat qildi.