Termiz tumanida joylashgan “Qorabayr mahorat maktabi”da sportning polo turi bo‘yicha mintaqaviy chempionat o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatidagi barcha Oilaviy uylar o'g'il-qizlari tashrif buyurdi. Madaniy va sport tadbirlari tashkillashtirilib, bolalarga mahorat maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan tanishtirildi.