Navoiy viloyatining “Qiziltepa” bolalar oromgohida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat bo’yicha boshqarmasi, Harbiy prokuratura, Mudofaa ishlari boshqarmasi, harbiy qism hamda Qurolli kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida “Chaqmoq trening” nomli harbiylashtirilgan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, epchillik, shijoat va jamoaviylik ko‘nikmalari bo‘yicha sinovdan o‘tishdi.
Mazkur tadbir yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, qurolli kuchlar safiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.