News

Urgut tumanida joylashgan “Chor Chinor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yoshlarning dam olish vaqtlarini yanada qiziqarli va mazmunli o‘tkazish maqsadida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

12.7.2025 502

Bolalar uchun turli sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar va harbiy-amaliy mashgʻulotlarga oid koʻrgazmalar namoyish etildi.
Tadbir yoshlarda vatanga muhabbat, fidoyilik va masʼuliyat tuygʻusini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, hamda ularning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.