News

Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan "Jasorat maktablari" o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda "Jasorat maktablari – gvardiyachilari" nomli harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.

4.11.2025 448

O‘quvchilar saf tayyorgarligi, kamondan otish, arqon tortish hamda harbiy-sport estafetalari kabi bahslarda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, ????-o‘rinni Nukus shahri "Jasurlar" jamoasi, ????-o‘rinni Xo‘jayli tumani "Burgutlar" jamoasi, ????-o‘rinni esa Chimboy tumani "Qalqon" jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir bolalarda mardlik, jasurlik, shijoat, intizom va jamoatchilik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.