News

Mehr ulashilgan bayram “Anor” bolalar shou dastasi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun unutilmas bayramona konsert dasturini taqdim etdi.

15.9.2025 528

Bolajonlar kuy-qo‘shiqlarni quvonch bilan tinglab, sevimli qo‘shiqchilar bilan birga qo‘shiq aytib, raqsga tushishdi. Tadbir davomida ularning yuzida yorqin tabassum, ko‘zlarida esa beg‘ubor quvonch porlab turdi.

Shunday mehrga to‘la uchrashuvlar bolajonlarning qalbida iliqlik uyg‘otadi, ularga yangi umid va quvonch bag‘ishlaydi.

Bunday ezgu tashabbuslar orqali mehr, do‘stlik va baxt ulashish yanada keng yoyiladi.