Milliy gvardiya Sirdaryo va Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmalari harbiy xizmatchilari tomonidan Oilaviy uylar farzandlarining holidan xabar olinib, yashash sharoitlari, o‘qishga borib kelishlari va uy ishlarida ota-onalariga yordam berishlari haqida suhbatlar olib borildi. Bolalarning ta’lim jarayoni, tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari borasida sport va fan to‘garaklariga ishtirok etayotganliklari bo‘yicha yaqindan tanishib chiqildi.
Праздник Сумалака в доме милосердия
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari tomonidan "Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, o‘quvchilarning yonida maktab hududida olib yurish taqiqlangan noqonuniy buyumlar mavjudligi aniqlandi. Barcha holatlar yuzasidan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, maʼmuriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan viloyat hududida joylashgan Oilaviy uylar farzandlari holidan xabar olindi. Farzandlarning taʼlim jarayoni, tibbiy koʻrikdan oʻtganligi hamda oilada yaratilgan sharoitlar yaqindan oʻrganib chiqildi hamda psixoprofilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy armiyamiz uchun yetuk kadrlar boʻlib yetishishlariga zamin yaratish maqsadida Yangiyer shahridagi 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.
30-sonli “Mehribonlik” uyida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
“Men vatanparvarman” shiori ostida o‘quvchi-qizlar ishtirokida ko‘rik tanlov o‘tkazildi
Vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda
Oʻquvchi va talaba yoshlar orasida sport ommaviyligini oshirish masalalari koʻrib chiqildi
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 110-yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni soʻroqlab” nomli tadbir o’tkazildi.
Poytaxt maktablarida o’quvchilar bilan bir qator tadbirlar o’tkazildi
Qoʻngʻirot tumanida joylashgan 1-sonli sanʼat maktabida Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda tumandagi tashkilot va idoralar xodimlari bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilari shuningdek, mahallalardagi yoshlar ishtirokida vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.