Ayni damda harbiy qismda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Quvnoqlar va chaqqonlar" sport musobaqalari bo’lib o’tmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchi yoshlarimizni ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, sportga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirishdir.
"Yoshlar oyligi" doirasida shahar-tuman yoshlari uchun Nukus shahrida "Vatanparvarlik karvoni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida kunduzgi bolalar oromgohlarida sport tadbiri tashkil etildi.
Navoiy shahridagi "Oftobjon" bolalar oromgohida "Dolzarb 90 kun" doirasida harbiy vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi.
Bolajonlar yozgi taʼtil kunlarini maroqli oʻtkazishga tayyor!
Ayni damda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Quvnoqlar va chaqqonlar" sport musobaqalari bo’lib o’tmoqda.
Mahalliy Kengashlar deputatlari uchun seminar tashkil etildi
“Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan yozgi ta’til vaqtida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Chust tumanidagi "Obi-Hayot" bolalar oromgohida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida sport musobaqalari hamda zamonaviy qurollar va harbiy texnikalarining namoyishi o‘tkazildi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasi gʻoliblari aniqlandi
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari, viloyatdagi Oilaviy uylar farzandlari, “SOS-O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi Urganch filiali bolalari Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama teatriga olib borildi. Bolalar e'tiboriga "Beg‘ubor bolalik" nomli spektakl havola etildi.
Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi tomоnidan Oilaviy uylar farzandlari uchun Samarqand shahrining tarixiy hamda diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon city hududida yangi qad rostlagan “Vatanparvar bog‘i” da yuqori saviyada bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari hamda Oilaviy uylar farzandlari ishtirok etdi.